
"Manchester Yunayted” egalari klubni bahorda sotib yubormoqchi
Ushbu mavsum yakuniga qadar “Manchester Yunayted” rahbariyati oʻzgarishi mumkin.
“BBC Sport” nashri xabariga koʻra, agarda Gleyzerlar klubni sotib yuborish ishlarini boshlasa, bu bahor faslida yakunlanishi kutilmoqda. 2005-yilda klub boshqaruvini qoʻliga olgan Gleyzerlar oilasi bir necha hafta oldin klubni sotishga tayyorligini bildirgan. Biroq bu ish xaridor tomonidan yaxshi summa taklif etilsagina amalga oshishi mumkin.
Shuningdek, klubning yangi egalari “Old Trafford”ni yangilash uchun yirik miqdordagi summa ishlatishiga toʻgʻri keladi. Gleyzerlar oilasida klubni sotib yuborishdan boshqa chora yoʻqligi aytilmoqda. Klub sotilish jarayonida boʻlayotgani sababli Gleyzerlardan norozi muxlislar boshqa bosh koʻtarishmayotgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2005-yilda 790 million funtga sotib olingan klubni Gleyzerlar 4,6 milliard dollarga sotishni rejalashtirmoqda.
Manchester Yuneyted Gleyzerlar