“Mag'lubiyat o'z yo'liga, biz Jahon chempionatiga chiqqanimizning o'ziga faxrlanishimiz kerak”, — Beyl Uelsning JChdagi yurishini tugatishi haqida
Uels terma jamoasi yetakchi hujumchisi Garet Beyl terma jamoasining Jahon chempionati guruh bosqichida qolib ketgani haqida fikr bildirdi.
“Juda yaxshi jamoaga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik. Natijadan hafsalamiz pir bo'ldi, lekin bu yerga kelish uchun uzoq yo'l bosib o'tganimizni ham unutmasligimiz lozim. Mag'lubiyat o'z yo'liga, biz umuman, jahon chempionatiga chiqqanimizning o'ziga faxrlanishimiz kerak. Chunki ancha yillardan beri Mundialga kelganimiz yo'q edi.
Borimizni berib harakat qildik, bundan faxrlanamiz. Futbol haqiqatda qiyin narsa, so'nggi 4 ta yirik musobaqada qatnashib ancha tajriba orttirdik. Endi boshimizni baland ko'targan holda uyga qaytamiz”, — deydi Beyl.
Avvalroq, Jahon chempionati vaqtida Beylga golf o'ynash ta'qiqlanishi haqida xabar bergan edik.