• 43 ta ko'rildi

Mafiya atamasining kelib chiqishi



"Mafiya" atamasining kelib chiqishi haqidagi eng keng tarqalgan manbaga ko‘ra, bu tushuncha 1282-yilda Sitsiliyaliklar Fransuzlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishganda paydo bo‘lgan. Birlashgan xalqning milliy-ozodlik harakati shiori "Morte alla Francia Italia Anela!" (MAFIA), ya’ni "Fransiyaga o‘lim! Yashasin, Italiya!" degan jumladan iborat bo‘lgan. Boshqa bir taxminga ko‘ra, "Mafiya" arabcha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, "himoyachi" ma’nosida qo‘llanilgan. IX asrdan boshlab, kambag‘allarni qaroqchilar, chet elliklarning hujumlaridan yoki mahalliy feodallar zulmidan himoya qilish maqsadida xalq orasida paydo bo‘lgan guruh "Mafiya" deb nomlana boshlangan. Mafiyalar hukumat loqayd munosabatda bo‘lgan joylarda, xalqqa nisbatan himoya va adolatni kafolatlagan.


mafiya