
Lyoris Polshaga qarshi bahsda birvarakayiga 2 rekordni takrorladi
Angliyaning “Tottenhem” klubi darvozaboni Ugo Lyoris Fransiya terma jamoasi safidagi oʻyinlari soni boʻyicha rekordni takrorlashga muvaffaq boʻldi.
Fransiya sharafini Qatardagi Mundialda himoya qilayotgan posbon Polshaga qarshi nimchorak final oʻyinini asosiy tarkibda boshladi. Bu uning terma jamoa safidagi 142-oʻyini bo'ldi. Bu orqali Lyoris terma jamoaning sobiq futbolchisi Lilian Tyuramning natijasini takrorladi.
Shu bilan birga Lyoris JCH’dagi uchrashuvlar soni boʻyicha (17ta) yetakchilar - Tyerri Anri va Fabyen Bartezga yetib oldi. Agar fransuzlar chorak finalga yo'l olsa va unda Ugo maydonga tushsa, Mundiallarda o'tkazilgan bahslar soni bo'yicha mutlaq rekordchiga aylanib oladi.
JCH-2022 Fransiya Lyoris