Lyoris Jahon chempionatida Noyerning rekordini yangiladi
Londonning “Tottenhem” klubi darvozaboni Ugo Lyoris Jahon chempionatida darvozabonlar rekordini takrorladi.
Qatarda davom etayotgan Jahon chempionati yarim finalidagi Marokash (2:0) bilan bahs Fransiya terma jamoasi sardori uchun mundiallardagi 19-oʻyin boʻldi.
Bu — darvozabonlar oʻrtasida turnirdagi eng koʻp oʻyindir. Germaniyalik Manuel Noyer ham jahon chempionatida shuncha bahsda maydonga tushgan.
“Tottenhem” posboni 18-dekabr kuni Argentinaga qarshi finalda ham oʻynasa, mutlaq rekordchiga aylanadi.