• 73 ta ko'rildi

Kopirayter bir vaqtning oʻzida nechta loyihada ishlaydi?

Kopirayter bir vaqtning oʻzida nechta loyihada faoliyat koʻrsata oladi?

10 марта 2023

Albatta, bu savolga 1 ta - 8 tacha loyiha yoki undan ham koʻoʻoʻp deyishingiz mumkin. Mumkin, mumkin)))

Xuddi shu joyda bir latifa yodimga keldi.

Bir telpakdoʻz(qishki bosh kiyim-telpak, uni tikuvchi-telpakdoʻz) bor ekan. Yoshi anchaga borib qolgan bu kishi umri davomida juda koʻp telpaklar tikkan ekanlar. Bir kuni telpakdoʻz ishga kelolmay qolibdilar. U kishi juda keksa ekanlar. Shunda u kishining nevarasi bor ekan. U bobosiga shogird tushgan ekan. Va shu bolakay ishlab turganda, buyurtma kelibdi. Teri olib kelgan mijoz telpakdoʻz bolaga shu teridan 8 ta telpak chiqishini soʻrabdi. Bola chiqarib boʻlishini va mijozga ikki kundan keyin kelishini aytibdi.

Belgilangan vaqt kelibdi. Mijoz telpaklarni olishga kelganda esa hayratdan qotib qolibdi. Chunki telpaklar barmoq uchiga sigʻadigan oʻlchamda edi. Bu yerda kim aybdor? Axir mijoz oʻlchamini aytmagan edi-ku, shunchaki “8 ta telpak chiqadimi” - deb soʻradi xolos, bola esa “chiqadi” dedi va chiqarib berdi)))


Xullas bu latifani nimaga eslatib oʻtdim? Aytmoqchimanki, kopirayter ham ishini shunday bajarishi mumkin. Koʻp loyihalarda ishlagandan koʻra, 2 katta loyihada ishlab qoʻyish kerak xolos. Kichkina loyihalar vaqtni yetarlicha oladi, Sizni qattiq charchatadi hamda oʻz ustingizda ishlash uchun vaqt boʻlmay qoladi. Qaysidir loyihada ishlashdan oldin, Siz unga qiziqasizmi yoki nima maqsadda olmoqchisiz shuni aniqlang. Agar maqsad faqat pul boʻlsa, uzoqqa borish imkoni kam. Toʻgʻri, maqsad daromad boʻlishi tabiiy hol. Lekin bu birinchi oʻrinda boʻlmasligi kerak. Shuning uchun ham son emas, sifatga e’tibor berish kerak. Shuningdek, ish olishdan oldin oʻylab koʻring, keyinchalik oilangizga, uyingizga, shaxsiy rivojlanishingizga, yana qoʻshimcha nimadir ishlaringiz uchun vaqt ajrata olasizmi?

Vaziyatni hisobga oling, telpakdoʻz bola takrorlagan holatni takrorlamang. E’tibor uchun rahmat. Keyingi postlargacha))

Umidaxon.