11-noyabr kuni vazirlik tizimidagi “O‘zdavyerloyiha” DILI Toshkent viloyati bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan Bekobod tumanida “O‘quv-tajriba” xo‘jaligiga pavlovniya va terak daraxtlari ekildi. Bundan tashqari, “O‘zdavyerloyiha” DILI Samarqand viloyati bo‘linmasi xodimlari tomonidan 240 ta tut daraxti, Sirdaryo viloyatida terak hamda Buxoro viloyatida 50 dan ortiq mevali va archa daraxtlari ko‘chatlari o‘tqazildi.