
Kaftlar...
👐Kaftlar haqiqatni so'zlaydi!
Qadimda ochiq kaftlar samimiylik, halollik, sodiqlik va ishonuvchanlik ramzi hisoblangan.
Kundalik hayotda odamlar kaftning ikki holatidan foydalanadi:
1. Ochiq kaft🖐
2. Yopiq kaft✊
Ochiq kaft - haqiqat elchisi!
Suhbatdoshingiz ochiq va halolligini bilishning eng yaxshi usuli - bu uning kaftlari holatini kuzatishdir. Masalan, odamlar siz bilan sirlashmoqchi bo'lsalar, ular bir yoki ikkala kaftini cho'zadi va sizga "men siz bilan ochiqchasiga gaplashmoqchiman" deydi. Inson siz bilan ochiq gaplashayotganda u suhbatdoshiga kaftlarini to'liq yoki qisman ochib buni namoyon qiladi.
Agar suhbatdoshingiz ochiq kaftlar bilan so'zlayotgan bo'lsa u hozirgi vaziyatda rost gapirayoganidan dalolat beradi.
P.s/ Yopiq kaft haqida ertangi kechki vaqtlarda o'rganamiz!