• 21 ta ko'rildi

Кадастр атамалари ерларни хусусийлаштириш

Kadastr atamalari

Geokod - berilgan koordinatalar tizimida obyektning fazoviy joylashuvini identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, ular obyektni uni ma’lum bo‘lgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan geografik joyga bog‘lab qo‘yishni nazarda tutadi.

Obyektning ichki manzili - obyektning ma’muriy-hududiy yoki hududiy birlik hududida joylashuvini tavsiflovchi manzilning tarkibiy elementi.

Lot - buyurtmachi tomonidan tanlovda yer uchastkasini ijaraga berish uchun savdo platformasiga qo‘yilgan obyekt.

Kadastr raqami - yer uchastkasi, bino, inshootga tegishli O'zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir. U qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida foydalanishi davomida saqlanib qolinadi.

Kadastr so‘zi  "soliqqa tortiluvchi shaxs" ma'nosini anglatuvchi lotincha "caput" va soliqqa tortish hisob birligi – "caputigum registrum" so'zlaridan kelib chiqqan. Shuningdek, kadastr dastlab soliq solinadigan obyektlarning ro‘yxati bo‘lgan kitobni (reyestrni) anglatadi.

Chegarani delimitatsiya qilish – qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi davlat chegarasining umumiy holati va yoʻnalishini muzokaralar yoʻli bilan aniqlash.

Delimitatsiya toʻgʻrisidagi farmonlar odatda tinchlik shartnomalari yoki davlat chegaralarini belgilash yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi maxsus bitimlarning ajralmas qismi hisoblanadi.

Demarkatsiya - ajratish chizig'ini chizish; chegaralarni aniqlash.

Delimitatsiya materiallari chegarani aniqlashning keyingi bosqichi - uni yerga chizish (demarkatsiya) uchun asos bo'lib xizmat qiladi. "Delimitatsiya" atamasi ko'pincha Xalqaro kosmik huquqda qo'llaniladi.

Geografik axborot tizimi - geografik obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish, saqlash, modellashtirish va aks ettirish uchun, shuningdek kartografiyaga oid axborotdan foydalangan holda umumdavlat ahamiyatiga yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborotga va hisob-kitobga doir vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizim.

Kartografiya - ma'lum hududni xaritada aks ettirish uchun ma'lum bir geografik hududning fizik xususiyatlarini o'rganadigan fan.

Topografik xarita - asosiy tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarni tasvirlovchi, mazmuni, bezagi va matematik asosi yagona boʻlgan mufassal umumgeografik xarita.

Kartografik monitoring - joyning holatini kartografik jihatdan o‘rganish maqsadida yer yuzasini uzluksiz kuzatish tizimidir.

Yerni masofadan turib zondlash bu - yer sathi haqidagi, undagi yoki uning qa'ridagi obyektlar to'g'risidagi axborotni kontaktsiz usullar orqali olish jarayonidir.

Yer monitoringi - yer tarkibidagi o'zgarishlarni o'z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimi hisoblanadi.

Fazoviy ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi - tashkiliy tuzilma, ilmiy-texnika siyosati, texnik va dasturiy vositalar, bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlar, metama’lumotlar hamda metama’lumotlar bazalarini, fazoviy ma’lumotlar servislarini, normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, xalqaro standartlarni o‘z ichiga oladi.

Milliy Infratuzilma O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi mumkin bo‘lgan fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqish, yangilash, ularga ishlov berish, ularni saqlash, berish, integratsiyalash hamda ulardan foydalanish masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlarini o‘z ichiga oladigan tizimdir.

Yer servituti - O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) - qo‘shni bo‘lgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.

Servitut - o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish, yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish, elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish, ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish, qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish, ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa ob’ektlar barpo etish maqsadlarida belgilanishi mumkin.

Endilikda xususiylashtirilgan yerning bir qismini kimgadir sotish mumkin. Qayd etilishicha, hozirga qadar aholining o‘ziga tegishli bo‘lgan davlat ro‘yxatidan o‘tgan yerlarni xususiylashtirish to‘lovi yillik yer solig‘ining 20 baravari miqdorida edi. Endilikda bu qiymat Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida belgilandi.