• 26 ta ko'rildi

Jugashvilining Stalinga aylanishi

Dunyo tarixida ӯzidan “qora iz” qoldirgan, millionlab insonlar ӯlimi uchun javobgar Iosif Jugashvili Vissarionovich nima uchun ӯziga Stalin nomini olgandi?

Bu savolga kӯpchilik “xalqlar qotili”ning temir irodasi bu ismga sabab bӯlgan deb ӯylaydi. Emishki Stalin ӯgʻli nemislarga asir tushganda, uni sovetlar asirligilagi nemis generaliga almashtirmabdi. Shuning uchun unga pӯlatdek qattiq iroda egasi deb shu ismni berishibdi. Lekin bu ham, shunga ӯxshagan Stalinni ulugʻlovchi boshqa gaplar kabi gʻirt yolgʻon.

Stalin bu nomini o‘zi, hali Rossiyada inqilob yuz bermasdan oldin, 1912-yili tanlagan. Uning shu yili “Pravda” gazetasida chiqqan milliy masalalarga bagʻishlangan maqolasida ilk bor ushbu taxallus qӯllangan. Bungacha Jugashvili “Koba” laqabi bilan mashhur bӯlgan va harakat qilgan.

Stalin nega bu ismni tanlaganiga kelsak. Koba– gruzincha jarangdor taxallus edi (Stalinni gruzin ekanini bilsanglar kerak). Biroq partiyada obrӯsi oshib, Butunrossiya bӯyicha mashhurlikka erishayotgan Jugashviliga endi ruscha jarangdor nom kerak edi va u Stalin taxallusini tanladi.

“Dohiy”ning nega aynan ushbu taxallus tanlangani bӯyicha turli xil qarashlar bor. Sovet propagandasi buning sababi sifatida Stalinning familyasi “Juga”, eski gruzin tilida pӯlat maʼnosini berishini sabab qilib kӯrsatgan. Ammo SSSR tarqab ketgach maʼlum bӯldiki, “Juga” hech qanaqasiga pӯlat maʼnosini bermaydi.

Ikkinchi taxmin ancha ishonarliroq. Stalin partiya rahbari, bolsheviklar dohiysi Lenin ismiga monand bӯlishi uchun ham aynan ushbu ismni tanlagan. Stalindan bunday “podxod”ni kutsa bӯladi.

Yana bir taxmin esa erishilmagan sevgi bilan bogʻliq. Lyudmila Stal va Stalinning sevgi qissasi kӯpchilikka maʼlum, tarixchilar yana bir taxminni aynan shu rishtalarga bogʻlagan.

Xullas Stalin nomi minglab insonlarni qatagʻon qilgan, surgunga yuborgan, butun xalqlarni ӯz uylaridan haydab chiqarib, ӯlimga mahkum etgan insonning pӯlat irodasiga bogʻliq emas. Balki bu zolimning boshligʻi yoki mashuqasiga qӯygan “paxta”si edi.

Suratda Lyudmila Stal va Stalin


tarix stalin