• 70 ta ko'rildi

JCH-2022 finaliga Fransiyaga qaraganda Argentinadan 8 baravar ko'proq muxlislar tashrif buyuradi

JCH-2022 finalida fransuz muxlislaridan koʻra argentinaliklar ancha koʻp boʻlishi kutilmoqda.

“Game-news24” nashrining xabar berishicha, oʻyinga Argentinadan 50 ming, Fransiyadan 6 mingga yaqin muxlis kelishi kutilmoqda

Jahon chempionati finali doirasidagi Argentina – Fransiya bahsi 18-dekabr, yakshanba kuni 88 969 tomoshabinga moʻljallangan “Lusail” stadionida boʻlib oʻtadi. Qolgan muxlislar esa boshqa davlatlardan kelgan hisoblanadi.

Avvalroq, Fransiya terma jamoasida final oldidan shamollash avj olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.


messi Final JCH-2022 Mbappe