
Java - Kirish
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar. Bugun siz bilan Java dasturlash tilini o'rganishni boshlaymiz!
Java eng mashhur dasturlash tillaridan biri bo'lib u 1995-yilda yaratilgan.
Java Oracle kompaniyasiga tegishli bo'lib, hozirgi kunda 3 mlrddan ortiq qurilmalarning dasturiy ta'minotlari aynan Java dasturlash tili orqali yozilgan.
Java dasturlash tili — eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo'lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo'ldi. Oak(ma'nosi eman daraxti) dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems(hozirda Oracle nomidan ish yuritadi) tomonidan platformaga(operatsion tizimga) bog'liq bo'lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba'zi sabablarga ko'ra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma'lum o'zgarishlar qilishdi.
Java Obyektga Yo'naltirilgan Dasturlash(OOP-object oriented programming) tili va u C++ ga ancha o'xshash. Eng ko'p yo'l qo'yildigan xatolarga sabab bo'luvchi qismlari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi.
Java texnologiyasi o'ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta'minlab bera oladigan, kuchli, to'la obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, muhit (platforma)ga bo'liq bo'lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to'laligicha Java Virtual Machine(JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya'ni, dastlab biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida bayt kodga o'giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo'lsa, kodlarni ham o'sha platformaga moslab beradi.
Java dasturlash tilini quyidagi sohalarda qo'llash mumkin:
- Mobil ilovalar (ayniqsa Android ilovalari)
- Desktop dasturlar yaratishda
- Veb ilovalar
- Veb-serverlar va dastur serverlari
- O'yinlar yaratishda
- Ma'lumotlar bazasiga ulashda
- Va yana ko'p sohalarda!
Nima uchun Java dan foydalanish kerak?
- Java turli platformalarda ishlaydi (Windows, Mac, Linux, Raspberry Pi va boshqalar).
- Bu dunyodagi eng mashhur dasturlash tillaridan biridir
- Hozirgi mehnat bozorida unga talab katta
- O'rganish oson va foydalanish oson
- Bu ochiq manba va bepul
- Bu xavfsiz, tez va kuchli
- U katta jamoat yordamiga ega (o'n million ishlab chiquvchilar)
- Java - bu ob'ektga yo'naltirilgan til bo'lib, u dasturlarga aniq tuzilma beradi va kodni qayta ishlatishga imkon beradi, ishlab chiqish xarajatlarini kamaytiradi.
- Java C++ va C# tillariga yaqin boʻlgani uchun dasturchilar uchun Java tiliga yoki aksincha oʻtishni osonlashtiradi.
java mobile backend