Jahon chempionatining eng ko‘p masofa bosib o‘tgan o‘yinchilari reytingi e’lon qilindi — Messi peshqadam
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi toʻp bilan yugurish boʻyicha 2022-yilgi Jahon chempionatida peshqadamlik qilmoqda.
35 yoshli futbolchi 4ta oʻyinda toʻp bilan 1,2 km masofani bosib oʻtgan — eng koʻp.
Shuningdek, top-5 ro‘yzatdan yarimhimoyachilar Pedri (Ispaniya, 972 m), Kristian Pulishich (AQSH, 965 m), Luka Modrich (Xorvatiya, 917 m) va Frenki de Yong (Niderlandiya, 898 m) oʻrin olgan.
Reytingni tuzishda markaziy himoyachilarning koʻrsatkichlari inobatga olinmagan.