Jahon chempionatini yutish uchun da’vogarlar reytingi yangilandi: peshqadam o‘zgarmadi, Portugaliya Argentinani tushirib yubordi
Britaniyaning taniqli “The Guardian” nashri Qatarda davom etayotgan Jahon chempionati favoritlari reytingini yangiladi. Yangilangan ro‘yxatga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi JCH-2022’ni yutish uchun asosiy favorit deb atalmoqda.
Barcha chorak finalchilar orasida Tite jamoasining chempionlik uchun imkoniyatlari eng yuqori deb baholanmoqda. Ikkinchi oʻrinda Fransiya, uchinchi pogʻonada esa Portugaliya (reyting mualliflari buni hujumchi Krishtianu Ronalduning zaxiraga oʻtkazilgani bilan izohlashdi) koʻrsatilgan