• 49 ta ko'rildi

Jahon chempionati chorak finaliga eng ko‘p “Manchester Siti” va MYU vakillari yo‘l oldi

Qatarda oʻtayotgan Jahon chempionati chorak finalida oʻyinchilar soni boʻyicha APL peshqadamlik qilmoqda.

Chorak finalda maydonga tushish imkoniyatiga ega boʻlgan 207 nafar futbolchining 65 nafari Premyer-liga aʼzolari. Shuningdek, La Ligadan 31, A Seriyadan 23 nafar oʻyinchi chorak finalda maydonga tushishi mumkin.

"Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” klublarining oʻyinchilari bu borada koʻpchilikni tashkil qiladi. Ikki jamoaning ham 11 nafardan aʼzosi chorak finalga chiqqan jamoalar tarkibidan joy olgan. Turnir startidan avval eng koʻp oʻyinchisi (17 nafar) mundialga kelgan “Barselona”ning 5 nafar aʼzosi chorak finalga yoʻllanma olgan.


JCH-2022 MYU