
"Itning eri"
Abu Ali Ibn sino juda ham kuchli tabib bo‘lganlar. Ular ayol bemorlarni ko‘rmay turib davolar edilar. Ayol bemorni olib kelgan kishi ayolning bilagiga ip bog‘lab bir uchini Ibn Sinoga berardi va Ibn Sino ipning titrashiga qarab yurak urishini sanardilar va kasallik sirini aniqlab uni davolardilar.
Bir kuni bir guruh odamlar Abu Nosir ismli odam boshchiligida Ibn Sinoni ustidan kulmoqchi bo‘lishibdi. Ular ko‘chada holdan toyib, qaltirab yotgan ikkiqat itni Ibn Sinoni oldiga olib borishmoqchi bo‘lishibdi. Ular itni ustiga hijob yopib Ibn Sinoni oldiga olib borishibdi. Itning oldi oyog‘iga ip bog‘lab bir uchini Ibn Sinoga berishibdi. Bechora it hurishga ham majoli yo‘q, hijob tagida jim yotaveribdi. Shu payt Ibn Sino janoblari ipni uchini ushlab shunday debdilar:
— Bu kishi kimning zaifalari?
Abu Nosir nima deyishini bilmay “meniki” debdi.
— Agar ushbu bemor sizning zaifangiz boʻlsalar, bu bemor sogʻ-salomatdur, faqat juda och, nochor. Koʻproq sut-qatiq berib turilsa, tez kunda junlari chiqib xojatingizga yaraydigan boʻlib qoladilar. Agar Robbim meni adashtirmagan boʻlsa, bemorning qorinlarida ham 5 yoki 6 ta oʻzlariga oʻxshagan bolalari bor.
Shu hazili uchun Abu Nosir “itning eri” laqabi bilan ataladigan boʻlibdi...
It Abu Nosir Ibn Sino Tabib