• 25 ta ko'rildi

Ispaniyadan bo‘shatilgan Luis Enrikega Yevropaning 2 grand klubi da’vogarlik qilmoqda

Ispaniya terma jamoasidan yaqinda iste’foga chiqqan Luis Enrike faoliyatini Yevropaning bir qancha top jamoalaridan birida davom ettirishi mumkin.

Ispaniyaning nufuzli “AS” nashrining xabar berishicha, Diego Simeone yozda “Atletiko”ni tark etsa, “matraschilar” rahbariyati Enrikega yuzlanadi. Shuningdek, ispaniyalik mutaxassisga APL klublaridan ham taklif bor. “Manchester Yunayted” Luis uchun asosiy nomzodlardan biri. “Mankunianlar” mavsumning ikkinchi qismida jamoa yomon natijalar qayd etsa, Erik ten Hagni iste’foga chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi Qatardagi Mundial nimchorak finalida Marokashga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi va shundan so‘ng, Luis Enrike o‘z vazifasidan ozod etildi. Enrike faoliyati davomida “Selta”, “Roma” va “Barselona” klublarini boshqargan.


Ispaniya Enrike