
Instagramga qòyilgan BIRINCHI RASM nimaning rasmi bòlganini bilasizmi?
- BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM!
Instagram ikkita asoschiga ega - Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan,
2010-yilning oktabr oyida ishga tushirilgan hamda rasm va videolarni ulashish uchun moʻljallangan ijtimoiy tarmoq hisoblanadi.
Shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoq platformalari orqali ularni yuklash imkonini beradi.
Bundan tashqari, foydalanuvchilar rasmlar va videolar uchun raqamli filtrlar qoʻllash imkoniga egadir. Instagramda videolar uchun maksimal davomiylik 60 soniyadir.
Dastlab, bu ilova nomi „Burbn“ boʻlgan.
Keyinchalik, Systrom va Krieger, “instant camera” (“tezkor kamera”) va “telegram” soʻzlarini birlashtirib, ilovaning nomini “Instagram”ga oʻzgartirishdi.
Tarmoqda eng ko‘p foydalanuvchiga ega davlatlar:
AQSh - 121 million,
Hindiston - 71 million,
Braziliya - 64 million;
Instagramga qo'yilgan birinchi rasm itning rasmi bo'lgan.
tarix instagram kuchukcha