• 15 ta ko'rildi

Ingliz futbolchisi uchun kurashda “Liverpul” favoritga aylandi. “Real” u uchun 150 mln to‘lamoqchi emas

Germaniyaning “Borussiya Dortmund” klubi yarim himoyachi Jud Bellingemni yozda sotib yubormoqchi.

“Sky Sports Deutschland” nashri xabariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi uchun dortmundliklar 150 million yevro talab qilishi kutilmoqda. Bellingemga qiziqish bildirayotgan “Real” futbolchi uchun 150 million yevro berishga tayyor emas. Shuning uchun, madridliklar kurashdan chiqishni ma’qul ko‘rdi.

Hozirda 19 yoshli futbolchi uchun kurashda “Liverpul” ustunlik qilmoqda. Shuningdek, Bellingemning oilasi ham uni mersisaydliklar safiga o‘tishini xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, Jud joriy mavsum “Borussiya Dortmund” safida barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Angliya terma jamoasi safida esa Jahon chempionatining 4 o‘yinida 1 gol va 1 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.


Borussiya Dortmund Jud Bellingem Liverpool