
Hindiston bosh vaziri yadroviy tahdid sababli Putin bilan uchrashuvni bekor qildi
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiya prezidenti Ukrainadagi urushda yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qilganidan so‘ng Vladimir Putin bilan har yili yuzma-yuz bo‘lib o‘tadigan sammitni bekor qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi
Ma’lum qilinishicha, Hindiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar mustahkam bo‘lib qolmoqda, ammo do‘stlik rishtasini uzish Modi uchun foydali bo‘lmasligi mumkin. Bu Hindiston va Rossiya rahbarlari munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan 2000-yildan buyon ikkinchi marta yuzma-yuz uchrashmasligini anglatadi. Odatda dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan sammit 2020-yilda pandemiya sababli bekor qilingandi.
“2022-yil sammit bo‘lmaydi”, — deya Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin–Modi sammitiga izoh bergan.
Hindistonning qarori sentabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy sammitda, Modi Putinni Ukrainada tinchlik o‘rnatishga undaganida ma’lum bo‘lgan. Kreml Hindistonni ommaga Ukrainadagi urush sababli xalqaro tanqidlarga qo‘shilmagan, ko‘proq savdoga intilayotgan asosiy davlat sifatida namoyish qilgan. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakili elektron pochta orqali sammit bekor qilinganiga izoh berishdan bosh tortgan