• 39 ta ko'rildi

"Har bir bahsda yuragimni maydonga olib chiqdim”, — Myuller Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga ishora qildi

Myunxenning “Bavariya” klubi futbolchisi hujumchisi Tomas Myuller Germaniya terma jamoasi Qatardagi Jahon chempionatini tark etganidan soʻng terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqida fikr bildirdi.

“Agar bu mening terma jamoadagi soʻnggi oʻyinim boʻlsa, nemis muxlislariga bir narsani aytmoqchiman: bu juda katta zavq edi, ajoyib lahzalarni oʻtkazdim va har bir bahsda yuragimni maydonda qoldirdim.

Har doim qoʻlimdan kelganicha harakat qilganman, garchi doim ham muvaffaqiyatga erishmagan boʻlsam ham, buni sevgi bilan qildim”, — deydi Myuller.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli futbolchi Germaniya safida 2010-yil Argentina bilan oʻrtoqlik bahsida maydonga tushganidan beri oʻynab kelayotgandi. Shundan soʻng Tomas jamoaning 2010-yili JARda boʻlib oʻtadigan jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasiga kiritilgan va natijada turnirning eng yaxshi toʻpurariga (5ta gol) aylangan. Myuller jamoa bilan 2014-yilgi Mundialda jahon chempioniga aylangan.


Germaniya Myuller Fubol