• 108 ta ko'rildi

Hammaning og‘zida “Uenzdey”: nima uchun Addamslar oilasining g‘amgin qizi haqidagi serial rekordlarni yangilamoqda


2022 yil noyabr oyining oxirida “Uenzdey” seriali ekranlarga chiqdi. Bu o‘sha sevimli Addamslar oilasi haqidagi yangi voqea. 1991-yildagi film va yangi serial o‘rtasidagi farqlar va umumiyliklar haqida ma’lumot beramiz.


Serial bir zumda xitga aylandi va ko‘rishlar soni bo‘yicha “G‘alati narsalar”ning yangi mavsumini ortda qoldirdi. Loyiha ustida Tim Bartonning shaxsan o‘zi ishlagan, shuning uchun shouning barcha dekoratsiyalari uning uslubida. Bosh qahramon Gomes va Mortishaning qizi, melanxolik qiz Uenzdey Addamsdir. U oddiy maktabdagi bolalar bilan chiqisha olmaydi, shuning uchun ota-onasi qizni o‘zi kabi g‘alati o‘spirinlarning yopiq muassasasiga o‘qishga yuborishadi.


Addamslar haqidagi kult filmda bo‘lgani kabi qahramon sochini 2 ta qilib o‘rib yuradi, doim qora rangda kiyinadi va o‘zini boshqalardan uzoqroq tutadi. Shunga qaramay, yangi Uenzdey eskisidan sezilarli darajada farq qiladi.

Foto: AdMe



Birinchi navbatda, yosh jihatdan. Aksariyat filmlarda Addamslarning qizi taxminan 10-13 yoshda tasvirlanadi, serialda esa u — 16 yoshda. Shuningdek, 2022-yilgi shouda oila va uning atrofidagi odamlarning g‘ayritabiiy qobiliyatlari tilga olinadi. Misol uchun, Mortisha va Uenzdey muntazam ravishda o‘tmish va kelajakni his etgani uchun bezovtalanadi.

Original komikslarda va oldingi filmlarda Addamslar — shunchaki g‘amgin mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan g‘alati oila. Serialga shuningdek, o‘z hikoyalariga ega ko‘plab ikkinchi darajali personajlar qo‘shilgan. Bundan tashqari, bu personajlar oddiy odamlar emas, balki vampirlar, bo‘rilar, maxluqlar va gorgonlardir. Misol uchun, bosh qahramonning qo‘shnisi bo‘riga aylanish qobiliyatiga ega.

Umuman olganda, 1964-yildagi filmdan beri bosh qahramon uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Birinchi filmda qizda hamma narsaga bo‘lgan g‘alati qiziqish yo‘q edi. U o‘rgimchaklarni boqish, qo‘g‘irchoqlarning boshlarini uzib olishdan boshqa hech narsa qilmasdi.

Foto: AdMe


1991-yilgi filmda Uenzdey o‘zining xavfli ixtirolarini ukasida sinab ko‘radigan murakkab xarakterdagi o‘spirin qiz sifatida tasvirlanadi. “Addamslarning oilaviy qadriyatlari” filmida esa qahramon va Paksli yozgi lagerga yuboriladi, u yerda qiz o‘z xarakterini ko‘rsatadi va g‘alayon boshlaydi.

Addamslar oilasiga bag‘ishlangan 2019-yilda chiqqan multfilm ham bor. Loyiha tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lsa-da, tanqidchilarning kartinani juda ertakona bo‘lib ketganligini tanqid qilishadi.


Ko‘rinib turgan farqlarga qaramay, filmning ba’zi sahnalari o‘zgarishsiz qoldirilgan. Masalan, Uenzdey va ukasi Paksli o‘rtasidagi juda iliq munosabatlar. Ukasi xafa bo‘lgan paytlarda opasi unga tasalli beradi.

Paksli shkafga qamalib qolganida, opasi bezorilarning ismlarini aytishini talab qiladi, 8qolganini unga qo‘yib berishini so‘raydi. Qahramon qiz takabburdek tuyuladi, lekin u ta’sirchan va beg‘ubor — serial ijodkorlari buni juda yaxshi ko‘rsatib berishgan.



news Yangiliklar wednesday kinolar olami