• 18 ta ko'rildi

Grizmann Fransiya terma jamoasida golli uzatmalar bo‘yicha Anri va Zidanni ortda qoldirdi

Franciya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann JCh-2022 chorak finalida Angliyaga qarshi o‘yinda (2:1) ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Grizmann birinchi bo‘limda Orelyen Tchuamenining goliga hammuallif bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limdagi Olivye Jiruning goliga ham assistentlik qildi.

Bu orqali Antuan Fransiya terma jamoasi safidagi assistlari sonini 28 taga yetkazib oldi. Bu terma jamoaning kamida so‘nggi 50 yillik tarixidagi rekord natija hisoblanadi. Undan avval golli uzatmalar statistikasi yuritilmagan.

Antuan bu borada Tyerri Anri va Zinedin Zidanni ortda qoldirdi, ularda 26 tadan assist bor edi.


Antuan Griezman