• 43 ta ko'rildi

Google'dan bu yil eng ko‘p nimalarni so‘rashdi?

“Taxtlar jangi“, “Ketilin Jenner“, “Regbi bo‘yicha Jahon chempionati“, “51-huhud“, “ananasni qanday yesa bo‘ladi?“


Yuqoridagilar bu yil britanyaliklar tomonidan Google'da eng ko‘p qidiruv berilgan jumla va savollardandir. Bu haqida BBC xabar bermoqda.Qidiruv giganti taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Birlashgan Qirollikda eng ko‘p so‘rov berilgan jumla Regbi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘ldi. Ma’lumot uchun, chempionat finalida Janubiy Afrika Angliya ustidan g‘alaba qozonib, chempionga aylangan.


“51-hudud nima?“ va “Psalm so‘zi qanday talaffuz qilinadi?“ kabilar ham eng ko‘p berilgan savollar ro‘yxatida yetakchilik qildi.


Qiziqayotganlar uchun, 51-hudud AQSh havo kuchlarining o‘ta maxfiy bazasi hisoblanadi. Ba’zilarning ishonishicha esa, bu yerda o‘zga sayyoraliklar yashaydi. Iyul oyida Facebook'da “51-hududga hujumga o‘t, hammamizni to‘xtatib qolisholmaydi“, nomi ostida tarqalgan xabarlardan so‘ng bir million kishi AQSh Havo kuchlaridan bunga munosabat bildirishni talab qilganda, tashkilot fuqarolarni bu hududga yaqin yo‘lamaslik borasida ogohlantirgandi.


Psalm — Kim Kardishian-Uest va Keyn Uestlarning may oyida dunyoga kelgan to‘rtinchi farzandining ismi. Bu nom “salm“ deb talaffuz qilinadi — “P“ aytilmaydi.



Kim Kardishian-Uest va Keyn Uest


Britaniyada eng ko‘p qidirilgan 10 ta so‘rov ro‘yxatida telemahsulotlar, kino va sport o‘yinlari yetakchilik qildi. Kriket bo‘yicha Jahon chempionati, Chenobil va “Qasoskorlar: So‘nggi o‘yin“ shular jumlasidandir.


Ketilin Jenner haqidagi savollar ham ko‘p bo‘ldi. “Men mashhurman... Meni bu yerdan olib ket!“ nomli realti shousidadagi roli sabab Jenner Britaniyada eng ko‘p “Google qilingan“ mashhurga aylandi.


Foydalanuvchilar qanday qilib sport matchlarini tomosha qilish va siyosatda ishtirok etish borasida ham anchayin qidiruv berishgan. “Chempionlar Ligasi finalini qanday tomosha qilish mumkin?“, “KSI'ning Logan'ga qarshi o‘yinini qanday tomosha qilish mumkin?“ va “Ovoz berish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin?“ kabilar shularga misol bo‘la oladi.


messi Yangiliklar Faktlar Qiziqarli