
Gavayi orolidagi dunyodagi eng katta Mauna Loa vulqonidan otilayotgan cho'g'lanma lava minglab sayyohlarni o'ziga tortmoqda
Gavayi orolidagi Mauna Loadan otilayotgan cho'g'lanma lava minglab sayyohlarni o'ziga tortmoqda. Dunyodagi eng katta ushbu vulqon yaqinidagi orol shaharchasi ayni damda turizm dargohiga aylangan.
Gavayi orolidagi “Castle Hilo Hawaiian” va boshqa ba'zi mehmonxonalar mavsum bo’lmagan bir vaqtda to'liq band qilingan. 40 yil ichida birinchi marta otilishni boshlagan Mauna Loa vulqoniga butun dunyo sayyohlari va jurnalistlar tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda.
Odatda yilning bu vaqti, ya’ni Shukrona va Rojdestvo bayramlari oralig’ida, Gavayi oroli sayyohlik sanoati uchun talab past mavsum bo’lgan.
Ammo, bu safar hafta davomida minglab avtomobillar sababli orolning sharqiy tomonidagi Hilo va g‘arbida joylashgan Kailua-Kona shaharlarini bog'lovchi yo'llarda juda ko'p tirbandliklar kuzatildi.
Bu yo’llarning to'sib qo'yilishi, orolning sharqiy tomonidagi uy-joy arzonroq bo'lgan qismlaridan, ko'plab yirik plyaj kurortlari joylashgan g'arbiy tarafdagi ish joylariga boradiganlar uchun ancha muammo keltirib chiqaradi. Agar, boshqa bir aylanma yo'l qurilmasa yo'lovchilar shahargacha borishi uchun qo'shimcha bir soatlik yo'l yurishi kerak bo'ladi.
Kailua-Kona shahridagi Outrigger Kona Resort & Spa kompaniyasining bosh menejeri Stiv Solbergning aytishicha, ko'plab mehmonlar cho'g'li lavalarni ko'rish uchun Saddle Roadga borgan. Odamlar vulqon otilishini tomosha qilishni juda xohlashgan
turizm Gavayi Vulqon Geog