
“Fransiyadan meni faqat u tashvishga solyapti. Uni to‘xtatsak, Angliya aniq yutadi”, — Ferdinand
Angliyalik sobiq himoyachi Rio Ferdinand Jahon chempionati chorak finalidan o‘rin olgan Angliya – Fransiya oʻyini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Fransiya terma jamoasining avvalgi oʻyinlarini tomosha qilib, shunday xulosaga keldim: meni faqatgina Mbappe xavotirga solmoqda. Fransiya tarkibidagi qolgan oʻyinchilarga hurmatni saqlagan holda aytishim mumkinki, Angliya Mbappeni toʻxtatishni uddasidan chiqsa, Fransiyani magʻlub eta oladi.
Bizdan esa Reshfordni toʻxtatishsa, Foden bor, unga ham chora topishsa, Keyn bor. Qolaversa, Saka, Bellingem, hattoki Henderson ham oʻz goli bilan oʻyinni hal qilishi mumkin.
Bu yilgi Mundialdagi Angliya — men koʻrgan eng kuchlisi. His-hayajonga berilayotgandirman, ammo hozirgi pallada bu normal holat”, — deydi MYU afsonasi.
Maʼlumot uchun, Angliya va Fransiya oʻrtasidagi chorak final uchrashuvi ertaga, 10-dekabr, soat 23:55 da start oladi.
Angliya Ferdinand