• 35 ta ko'rildi

Fransiya polyaklarni Jahon chempionatidan chiqarib yubordi, Mbappeda dubl

Futbol bo‘yicha Qatarda davom etayotgan Jahon Chempionati nimchorak finalida Fransiya va Polsha terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida har ikki jamoa vakillarida golga tortadigan qator vaziyatlar bo‘ldi. Hisob esa 44-daqiqaga kelib ochildi: Olivye Jiru fransuzlarni oldinga olib chiqdi.

Uchrashuvning 74-daqiqasida Kilian Mbappe jamoasining ikkinchi golini urdi. So‘nggi daqiqalarda Mbappe dublni rasmiylashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘ngida polyaklar foydasiga penalti belgilandi va Robert Levandovski uni aniq amalga oshirgan holda hisobni qisqartirdi.

Shu tariqa, Fransiya Jahon Chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi. Unda “uchranglilar” Angliya – Senegal uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi. Ushbu o'yin, bugun Toshkent vaqti bilan 23:55 dan keyin start oladi.



Fransiya Polsha Mbappe