• 22 ta ko'rildi

Flik Germaniya terma jamoasini qachongacha boshqarmoqchi ekanligi haqidagi savolga javob berdi

Futbol bo'yicha Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik “nemis mashinasi” safida kamida Yevro-2024 yakunigacha qolish niyatida ekanligini aytdi.

“Men buni tasdiqlashim mumkin. Yevroni ham intiqlik bilan kutyapman.

Oldinga optimistik ruhda qaraydigan murabbiyman. Shuning uchun isteʼfo haqidagi fikrlar meni umuman band qilmayapti. Hozir bor e’tiborim Mundialga qaratilgan. Bugun biz guruhdan chiqish yo'lida yakuniy va eng muhim qadamimizni tashlaymiz”, — deydi Flik.


Germaniya Flik Ryudiger