FIFA Jahon chempionatini har 2 yilda bir marta o‘tkazish fikri bo‘yicha yakuniy xulosaga keldi
Arsen Venger FIFA jahon chempionatini har 2 yilda bir marta oʻtkazish gʻoyasidan voz kechganini maʼlum qildi.
“Mendan bu haqda oʻylab koʻrishni soʻrashdi va buni yaxshi fikr deb hisobladim. Ammo bunday oʻzgarishlar uchun saralash taqvimini toʻliq qayta koʻrib chiqish kerak boʻladi.
Hozir bunga intilmayapmiz. 4 yillik siklni kuzatyapmiz. Oraliqda tobora ahamiyatli boʻlib borayotgan ayollar oʻrtasidagi Mundial, Yevro va klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻtkaziladi”, — deydi FIFAning global rivojlanish departamenti rahbari.
Avvalroq, Venger keyingi Jahon chempionatlarini ham qishda hamda Afrika qit’asida qilish kerakligi haqida fikr bildirgan edi.