
Feniks (Qaqnus)
Afsonaviy Feniks qushi haqidagi dastlabki ma'lumotlarni yunon mifologiyasida uchratishimiz mumkin. Tarjimasi "sehrli qush" ma'nosini anglatib, tashqi ko'rinishi burgutsimon, rangi esa olovrang deb tasvirlangan.
Qaqnus qushi haqida Navoiy asarlarida shunday deyilgan: "Qaqnus mavhum bir qush bo'lib, afsonalarda aytilishicha, tumshug'ida juda ko'p teshiklari bo'ladi va teshiklaridan chiqqan ovozi musiqa bo'lib yangraydi".
Aytishlaricha, Feniks qushi umrini oxirida yonib ketib, kulidan qaytadan tug'iladi. Bunday g'ayrioddiy qobiliyati tufayli, keng qo'llaniladigan "Kuldan ko'tarilish" iborasi paydo bo'lgan.
Qiziqarli