
#FAKT
- BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM!
Islom dining yana bir ilmiy mo‘’jizasi yaqindagina kashf qilindi.
Komsomolskaya pravda” gazetasida shunday yoziladi: “Nyu-York universitetining Langon Tibbiyot markazi (NYU Langone School of Medicine) olimlarining o‘tkazgan tadqiqotlaridan ma’lum bo‘ldiki, insonning joni uzilishi jarayoni shu kungacha odamlar tasavvur qilib kelgandek sodir bo‘lmaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, inson o‘limidan so‘ng, ya’ni tibbiy jihatdan o‘lim rasmiy qayd qilinganidan so‘ng ham bir necha muddat xushida bo‘ladi. Ya’ni, kishi o‘lganini sezadi va shu bilan birga atrofidagilarning qilayotgan harakatlarini ham his qilib turadi.
Ushbu fakt professor Sem Parni boshchiligidagi tadqiqot guruhi tomonidan aniqlandi. Ko‘p yillar davomida professor va uning guruhi joni uzilayotgan bemorlarning va klinik o‘lim holatini boshidan o‘tkazganlarning holatlari bilan yaqindan tanishib, bu haqda materiallar yig‘ib kelishdi. Uzoq muddat davomida to‘plangan dalillarni bir yerga to‘plab, ulardan hulosa chiqargan olimlar shunday fikrni ilgari surdilar:
- O‘lim holati rasman qayd qilinganidan so‘ng, ya’ni yurak urishdan to‘xtaganidan keyin ham mayitning miyasi ma’lum muddat ishlashda davom etadi. Demak, inson joni uzilganini sezadi. Shu bilan birga uning tanasi tashqi muhitga ta’sirchanligini yo‘qotganini ham his qiladi. Inson o‘zining huddi jasadga qamalgan mahbusdek his qiladi. Atrofidagi tovushlarni eshitadi, kishilarni ko‘radi, lekin ularga javob qaytara olmaydi, harakat qilolmaydi.
Kilinik o‘lim holatini boshidan o‘tkazgan bemorlarning ta’kidlashicha, “vaqtinchalik o‘lim” paytida ular atrofdagi shifokorlarning ovozlarini eshitib turganlar va hattoki, ularning suhbatlarini takrorlab berganlar.
Islom aqidasiga ko‘ra, bu foniy dunyo – inson uchun vaqtinchalik qo‘noqdir
Janobimiz Muhammad (sallollohu alayhi vasallam)ning hadislarida kishning vafotidan so‘ng ham atrofidagilarni his qilishi haqida ko‘p bora takrorlangan.
Abu Sa’id al-Hudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (sallollohu alayhi vasallam) shunday dedilar: “Mayit uni yuvayotganlarini, kafanlayotganlarini va qabrga olib ketayotganlarini biladi”.
Yana shunga o‘xshash Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: “Albatta, agar banda qabriga qo‘yilsa va ashoblari ortga qaytishsa, (holbuki) bu ularning poyabzallari tovushini eshitib turganda ikki farishta keladi...”, deyilgan (Buxoriy rivoyati).