• 31 ta ko'rildi

Eron FIFA tartib-intizom qo'mitasidan AQShni 10 ta o'yinga chetlatishni so'rab, shikoyat xati yo'lladi

AQSH terma jamoasi matbuot xizmati o‘z ijtimoiy tarmoqlarida JCH–2022 turnir jadvali suratini e’lon qildi. Unda Eron bayrog‘i Islom Respublikasi ramzisiz tasvirlangan edi.


Shu tufayli, Eron futbol federatsiyasi mamlakat sha’nini kamsitgani uchun AQSH terma jamoasini 10 ta o‘yinga chetlatishni so‘rab, FIFA tartib-intizom qo‘mitasiga shikoyat xati yo‘lladi.


Bu post ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy tanqidlarga sabab bo‘ldi, shundan so‘ng Amerika terma jamoasi vakillari shov-shuvli suratni olib tashladi. Keyinchalik AQSH terma jamoasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Eronning rasmiy bayrog‘isiz tasvirlash qarorini “Erondagi inson huquqlari uchun kurashayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash” deya tushuntiradi “The Guardian” nashri.


Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Eronda davlat tuzumiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.


Eron AQSH Namoyishlar