• 26 ta ko'rildi

Endi Google shifokorlarning qo'l yozmalarini o'qiy oladi

Google shifokorlarning qo'l yozuvini tanib olish funksiyasini ishlab chiqdi. Kompaniya ushbu xususiyatni tez orada Google Lens ilovasiga olib kirishni va'da qilmoqda. Va nihoyat, biz murakkab tibbiy yozuvlarni osonlikcha tushuna oladigan kun yaqinlashmoqda.

Yangi funksiya retseptlarni suratga olish, so‘ngra sun’iy intellekt yordamida tibbiy yozuvdan “inson tushunadigan”ga tarjimani qilish imkonini beradi.