"iSeeCars” tahliliy portali uzoq yillik tajribalar hamda kuzatuvlarga tayanib, dunyodagi eng ishonchli va bardoshli avtomobillari reytingini eʼlon qildi.
Tadqiqotda bozordagi eng bardoshli krossoverlar va yo'ltanlamas mashinalar tahlil qilingan bo'lib, reytingning yuqori o'rinlariga kirgan mashinalar orasida 5 ta Toyota modeli, 2 tadan Chevrolet, Linkoln, GMC, Honda va Cadillac modellari, shuningdek, 1 tadan Acura, Subaru, Ford, Hyundai va Nissan qayd etilgan.
Mashinalarni baholashda, asosan, ularni boshqarishning qulaylik darajasi, tezligi, sezgirligi hamda xavfdan saqlab qolish ehtimoli yuqoriligiga e'tibor qaratilgan.
