
DRY: Don't Repeat Yourself
DRY - don't repeat yourself - o'zingni takrorlama - bu tushunchaning asosi tizimni qismlarga bo'lishda yotadi.
Murakkab tizimlar bilan ishlash juda qiyin bo'lgani uchun ularni boshqarishga oson qilish maqsadida qismlarga ajratib chiqish kerak bo'ladi.
Misol uchun, agar siz kontentni boshqaradigan tizim qilayotgan bo'lsangiz, u holda undagi foydalanuvchilarni boshqarish qismini alohida komponentga ajratib olasiz.
Alohida ajratgan komponentingizning o'zini ham yana boshqa komponentlarga bo'lib chiqishingiz mumkin. M: rollarni boshqarish kabi. Qismlarga ajratishda esa albatta klasdan foydalaniladi.
Murakkab proyektni DRY asosida qismlarga ajratishda quyidagilarni qo'llab ko'rishingi mumkin:
- Dasturni vizual iyerarxiyani chizing va ularni asosiy komponentlarga ajratib chiqing.
- Agar komponentlar orasida o'zgaro bog'liqliklarni ko'rsatmoqchi bo'lsangiz UML diagrammalardan foydalaning.
- Kodni qismga ajratishda uning iyerarxiyasini, vazifasini aniqlashtirib oling.
- Komponent boshqa komponentlarga qanday ko'rinishda berilishini va o'zida nimani yashirib turishini aniqlashtiring.
- Bitta komponent boshqasi bilan kuchli bog'lanmasligini nazorat qiling.
dasturlash dasturlash tamoyillari DRY