• 73 ta ko'rildi

"DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI TOMONIDAN ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETILISHINI TA’MINLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR" mavzusida o‘quv-amaliy seminari

Joriy yilning 15-noyabr sanasida Qishloq xo'jaligi vazirligida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir qoidalarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida "DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI TOMONIDAN ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETILISHINI TA’MINLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR" mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur seminarda "O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Xodimlar bo'limi boshlig'i Abdullayeva Mahfuza, Yuridik bo'lim boshlig'i Mamanazarov Abdusaid ishtirok etishdi.

Mazkur seminarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabr sanasidagi "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar" to'g'risidagi 595-son qarorining mazmun mohiyati, Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari bo'yicha taklif etilgan mutaxassislar tomonidan tushunchalar berib o'tildi. 


O_zdavyerloyiha_DILI Davlat_fuqarolik_ximati O_quv_seminar