• 46 ta ko'rildi

“Dastlabki 3 ta penalti — meni aybim”, — Ispaniya bosh murabbiyi penaltilar seriyasidagi mag‘lubiyatni izohladi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Jahon chempionati nimchorak finalidan oʻrin olgan Marokash bilan oʻyindan keyin (0:0, pen — 0:3) oʻz fikrlarini bildirdi.

“Futbolda hujum qilgan jamoa doim ham gʻalaba qozonavermaydi. Oʻylashimcha, ustunlik qildik, lekin shu bilan birga koʻproq imkoniyatlar yarata olmadi. Bizda 11 ta zarba boʻldi, lekin faqat bittasi aniq bordi — bu qimmatga tushdi.

Penaltilar seriyasida yutqazdik, lekin jamoa bilan faxrlanaman. Javobgarlik menda, dastlabki uch penaltichini (Sarabiya, Soler, Buskets) men tanladim, qolganlarini esa futbolchilarning oʻzlari aniqlashdi. Ammo biz 4-zarbaga yeta olmadik.

Bunu — ajoyib darvozabon. Bugun u qoyilmaqom oʻynadi. Bor kuchimizni berdik, ammo, afsuski, faqat raqibni gʻalaba bilan tabriklash qoldi. Muxlislarga hamdardman, ularning qoʻllab-quvvatlashini his qildim. Kelajagim haqida gapirishning vaqti emas”, — deydi Enrike.


Ispaniya Enrike Marokash