
Compos Academy
Hammasi kollejga kirganimdan so’ng boshlandi.
Maktab vaqtida orzu va maqsadlarim juda katta edi. Shu jumladan imkoniyatlarim ham. Chunki maktabda hamma fanlardan a’lochi edim. Koshki edi ular foyda berganda.
*Bu abzasda kollej degan ahmoqona tizimda 3 yilimni bekorga yo’qotganim haqida uzundan uzun gapirishim kerak edi. Lekin ko’p gapirib, boshingizni o’g’ritishni xohlamayman.
Qisqa qilib aytganda kollej yonib turgan bolani o’chirdi, o’sib borayotgan niholni sindirdi. O’qishdan ko’nglimni qoldirgan ham mana shu kollej bo'ldi...
***
Toshkentga keldim, zavodda yuk tashidim, oshpazga yordamchi bo’ldim, kafeda ofitsiantlik qildim. Yaxshiroq joyga ish so’rab borsam chet tilini kerak deyishdi. Chet tili so’ramagan joyga propiska so’rashdi.
O’sha paytda zamonaviy kasblarga o’qiganlarning oti chopgan edi. O’quv kursiga o’qishga na sharoit va na pul bor edi. Topgan pulimni uyga jo’natardim. Bir umr shunday oddiy ishlarda ishlab, boshqalarni boy qilib yurish jonimga tegib ketgandi. Hech bir hunarsiz ertaga qanday yashashim haqida o'ylab, siqilardim. Loaqal diplomim yo'q edi.(davomi bor)
***
Bu aytganlarim balki sizga ham tanish bo'lishi mumkin. Bundanda battarroq holatga tushganlar ham talaygina.
Bizda maktabda haqiqiy ilm olishdan ko'ra faqat 5 baho uchun kurashishga o'rgatishgan. O'qiysizmi yo'qmi 5 olsangiz bo'ldi edi. Maktabda olgan bilimlar katta hayotda hech bir naf bermagan. Karra jadvalidan tashqari albatta.
Oliy maqsad o'qishga kirish bo'lgan. Na maktabda va na oilada pul topishga o'rgatishgan. Shuning uchun ham aksariyat bolalar maktabni tugatib, katta hayotga moslashishga qiynalib qolishgan.
O’sha holatlardan norozi bo'lib, bir loyiha tashkil qildim. Maktab yuqori sinf o'quvchilari va undan katta yoshdagilarga zamonaviy va serdaromad kasblarni o'rgatishni yo'lga qo'ydim.
Bu ularning maktabda 5 baho olish va oliygohga kirish kabi "oliy maqsad" lariga ta'sir qilmaydi. Asosiy mashg'ulotlaridan qo'shimcha tarzda, onlayn hunar o'rganadilar.
Oliygohga kirishsa o'z xarajatlarini o'zlari qoplaydigan bo'lishadi. Agarda kira olmagan taqdirda ham sarson bo'lib, qiynalib yurmaydilar. Chunki hunarlari bo'lsa, istalgan joydan ish topishlari oson bo'ladi. Ishga kirishlari uchun propiska yo'qligi va chet tilini bilmasligi to'sqinlik qilmaydi. (Lekin biror sohani tanlaganingizdan so'ng, albatta chet tilini o'rganishni tavsiya qilaman)
Bu loyihamning nomi - COMPOS ACADEMY “compos - cources of modern professions online school” ingliz tilidan “zamonaviy kasblarga o’qitish onlayn maktabi” deb tarjima qilish mumkin.
Keling sizga Compos Academy haqida tushintib beraman. Akademiyada bir nechta yo'nalishlar tashkil qilinadi. Har birida o'z sohasining mutaxassislari dars berishadi. O'quv mashg'ulotlari onlayn amalga oshiriladi. Ayni paytda Akademiyada bitta yo'nalish ochildi. Tez kunlarda yana boshqa zamonaviy kasblarga ixtisoslashtirilgan yo'nalishlar ham ish boshlaydi.
Kopirayting - Akademiyaning birinchi yo'nalishi
Kopirayting haqida qisqacha
Biznesda oluvchi va beruvchi tomon bor. Shu ikkilasini bog'lovchi vosita bu marketing hisoblanadi. Kopirayting esa marketingning yozma muloqot vositasi hisoblanadi. Bizda kopiraytingga shunchaki post yozuvchi soha deb qarashadi. Bu noto'g'ri. Kopirayter yozish orqali sotish san'ati hisoblanadi.
Mening ismim Jurabek, familyam Pulatov. Kasbim jurnalist-kopirayter. Compos Academeyning Kopirayting yo'nalishida blog yuritaman. Ustozlardan olgan bilimlarim, Universitdagi nazariyalar, faoliyatim davomidagi orttirgan tajribalarimni blogimda ulashib boraman.
Kopirayting darslari telegram yopiq kanalida joylab boriladi. Agar kopiraytingni o'rganmoqchi bo'lsangiz, kommentariyada yozib qoldiring. Sizga yopiq kanalga kirishga dostup beraman.
daromad smm marketing copywriter