
Coca-Cola'ning Oʻzbekistondagi inqirozi
• 2013-yil fevral. Peshtaxtalardan Coca-Cola ichimligi yoʻqoldi. Isteʼmolchilar orasida turli, xususan zavod yopilarmish, degan mish-mishlar yuribdi. Doʻkonlarda 1,5 litrlik ichimlikning narxi 2500 soʻm;
• 2013-yil aprel. Coca-Cola peshtaxtalarga qaytdi. Lekin endi 1,5 litrlik Coca-Cola narxi 3000 soʻmgacha koʻtarildi;
• 2013-yil sentyabr. Doʻkonlarda esa bir shisha Coca-Cola'ning narxi 3500 soʻm;
• 2013-yil dekabr. Yangi yil arafasida Coca-Cola yana doʻkon peshtaxtalaridan yoʻqoladi. Narxlar 7000-8000 soʻmgacha koʻtariladi;
• 2014-yil yanvar. OAV'da "Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD" MChJning 12 million dollarni oʻzlashtirishda gumon qilinayotgan ikki nafar top-menejeri hibsga olingani haqidagi xabar paydo boʻladi;
• 2014-yil fevral. Rasmiy sabab maʼlum qilindi — profilaktika ishlari sababli ishlab chiqarish to'xtatilgan;
• 2014-yil mart. Kutilmaganda bozorlarda Coca-Cola paydo boʻladi. Mahsulot qiymati ham shubha tugʻdiradigan darajada arzon — 1,5 litrlik Coca-Cola, Fanta va Sprite ichimliklarining narxi 2250-2550 soʻm atrofida. Odamlar sevimli ichimligini xard qilish uchun navbatda turishga rozi.
Coca-cola Inqiroz Bu qiziq Faktlar