• 42 ta ko'rildi

“Chelsi” Portugaliya terma jamoasi a’zosi uchun 70 mln yevro to‘lashga tayyor

Portu” hamda Portugaliya terma jamoasi asosiy darvozaboni Diogu Koshta Angliyaga koʻchib oʻtishi mumkin. Bu haqda “A Bola” nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Londonning “Chelsi” klubi “ajdarlar”ga tegishli darvozabon transferi uchun 70 million yevro toʻlashga tayyor.

Muzokaralar esa boshlab yuborilgan.

Koshtaga “Chelsi”dan tashqari APL klublaridan “Tottenhem” va “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, londonliklar “Leypsig” hujumchisi Kristofer Nkunku transferi bo‘yicha 60 mln yevrolik kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik.



Koshta Tottenhem Manchester Yunayted