• 66 ta ko'rildi

“Cheburashka” eng ko’p daromad keltirgan rus filmiga aylandi

Rossiya Kino jamg’armasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi ma’lumotlariga ko’ra, “Cheburashka” filmi to’qqiz kunlik prokat natijalariga ko’ra 3 082 245 827 rubl (44,4 mln dollar) mablag’ yig’ib, yaqin tarixda eng yuqori daromad keltirgan rus filmiga aylandi. Ushbu natija filmga “Xolop” komediyasi kassasidan o’zib ketish imkonyatini berdi.

2019-yil 26-dekabrda katta ekranlarga chiqqan va shu kungacha reytingda birinchi o’rinni egallab kelgan “Xolop” filmi jami 3 082 031 790 rubl ishlab topgan. Biroq, ijaraning dastlabki to’qqiz kuni unga atigi 963 million rubl olib kelgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, “Cheburashka“ filmining budjeti 850 million rublni tashkil etgan.

Aytib o’tish lozimki, hozirda Rossiya kinoprokati tarixida mutlaq yetakchi - 3,5 milliard rubl ishlab topgan Jeyms Kemeronning “Avatar” filmining birinchi qismi bo’lib qolmoqda.


Kinoteatr Avatar