• 40 ta ko'rildi

Buyuk smog



1952-yil 5-dekabrda Angliya tarixidagi eng yomon ekologik hodisalardan biri yuz beradi. Haddan tashqari past harorat tufayli shahar aholisi isitish uchun ko'p miqdorda ko'mirdan foydalanadi. Natijada, ko'mir tutini shahar ustiga yig'ilib, qalin tutunli tumanni hosil qiladi.


Tutunli tuman shu qadar qalin ediki, ko'rish chegarasi besh metrni tashkil qilgan. Bu esa, mashinalar harakatiga to‘sqinlik qilgan. Hattoki, "Buyuk Smog" vaqtida ko'rlar ko'chadagi odamlarga uylariga yo'l topishga yordam bergan, chunki ular teginish orqali harakat qilishni bilishgan.


Bo'lib o'tgan voqea haqiqiy falokat bo'lib, 12ming kishi halok bo'ladi va 100mingdan ortiq kishi jabrlanadi. Bunday shafqatsiz saboqdan keyin, insonlarning havo ifloslanishiga bo'lgan munosabati o'zgaradi. Sanoatda iflos yoqilg'idan foydalanishni cheklash va tarkibida kuyik bo'lgan chiqindi gazlarni taqiqlash uchun yangi va zarur ekologik standartlar qabul qilinadi.



Ekologiya