• 39 ta ko'rildi

Butun dunyo men tomonda...

✅ O'zingizga quyidagicha va'dalarni bering!

▪︎ Qalb xotirjamligini hech kim buza olmaydigan darajada kuchli bo'laman!

▪︎ Yo'limda uchragan har bir kishiga sog'liq baxt va mufaqqiyat tilayman.

▪︎ Xar bir do'stimni qandaydir istedodi borligiga ishontiraman.

▪︎ Xar qanday vaziyatning faqat yaxshi tomonini ko'raman va har-bir niyatlarim amalga oshishi uchun harakat qilaman.

▪︎ Faqat yaxshi narsalarni o'ylayman faqat yaxshi narsalar yarataman va faqat yaxshi narsalarni kutaman.

▪︎ Boshqalarning yutug'idan xuddi o'z yutug'imdek quvonaman.

▪︎ O'tmishdagi xatolarni unutib diqqatimni kelajakdagi yutuqlarga qarataman.

▪︎ Doim ochiq chehra bilan yurib har bir kishiga tabassum ulashaman.

▪︎ Atrofdagilar tanqid qilishiga asos qolmaydigan darajada xayotimni o'zgartiraman.

▪︎ Xavotirlanmaslik uchun xotirjam, g'azablanmaslik uchun kechirimli, qo'rqmaslik uchun kuchli bo'laman va muommolar yuzaga kelmaydigan darajada baxtli yashayman.

▪︎ O'zimni qadrlashimni boshqalarga xam bildiraman, buni baland parvoz gaplar bilan emas yaxshi muomila bilan amalga oshiraman.

▪︎ Men o'zimga ishonganday bunga ishonaman

BUTUN DUNYO MEN TOMONDA!