• 45 ta ko'rildi

Bu yerda Kilroy bo’lgan



Bu graffiti-yozuv o'tgan asrning o'rtalarida Angliyada mashxur bo'lgan. U haqida gap ketganda, devorning tepasidan mo'ralab turgan oval ko'rinishga ega kal boshli odamcha tasvirlanadi. Odamchaning faqat ko'zlari va antiqa uzun burni ko'rinib turadi. Odamchaning g'alati tasviri oldiga, "Bu yerda Kilroy bo'lgan" degan yozuv bitilgan.


Bu yozuvning qachon va qayerda paydo bo'lganligi haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas. Ayrim manbalarga ko'ra, uning nomi Boston kemasozlik inspektori Jeyms Kilroy nomi bilan atalashi keltirilgan. U o'zi ko'rikdan o'tkizib chiqqan kemalarning turli joylariga, yuqorida aytilgan jumlani yozib chiqqanligi aytiladi. Yana bir manbaga ko'ra esa, Avstraliyadan kelib qolgan askar bilan bog'liqligi aytilgan.


"Bu yerda Kilroy bo'lgan" graffiti-yozuvi amerika qo'shlarini 1944-yilda Yevropaga kelib tushgandan keyin, askarlar orasida mashxur bo'lib ketgan.



kilroy washere