• 21 ta ko'rildi

“Bu xuddi qo'rqinchli tushga o'xshaydi”, — Neymar Xorvatiyaga qarshi bahs haqida

Qatarda davom etayotgan Jahon Chempionatining chorak finalida musobaqaning asosiy favoriti Braziliya terma jamoasi Xorvatiyaga penaltilar seriyasida yutqazib, musobaqa bilan erta xayrlashdi. Mazkur bahsdan keyin “pentakampeonlar” sardori Neymar oʻz hissiyotlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Bu xuddi qo'rqinchli tushga o'xshaydi. Bu narsa sodir bo'lganiga hali ham ishona olmayapman. Men braziliyalik muxlislarga jamoadagi barcha futbolchilarni qo‘llab-quvvatlaganliklari va cheksiz hurmatlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Afsuski, biz orzuni amalga oshira olmadik, lekin bu futbol, ba’zida unda shunday voqealar bo'lib turadi. Endi biz o'z uyimizda yig'lab, tushkunlikka tushishda davom etamiz.

Terma jamoada qolamanmi? Rostini aytsam, bilmayman. Menimcha hozir gapirishim noto'g'ri, chunki boshimda olov bor, ayni damda to'g'ri mulohaza qila olmasam kerak. Men terma jamoa eshiklarini yopmayman, lekin qolaman deb ham yuz foiz ayta olmayman. Hech narsaga kafolat bermayman”, — deydi Neymar.

Avvalroq, Braziliyani yenggan Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalichning fikrlarini ma’lum qilgan edik.


Neymar Braziliya