• 69 ta ko'rildi

Braziliyalik chempion Pele kasalxonaga yotqizildi

Futbol bo‘yicha uch karra jahon chempioni braziliyalik Pele San-Pauludagi kasalxonaga yotqizildi.

Ma'lum qilinishicha, Pele tanasining kuchli shishishi sababli shoshoilinch tarzda kasalxonaga olib ketilgan. Tibbiy guruh so‘nggi ikki oy davomida o‘tkazilgan kimyoterapiya natijalariga ko‘ra, Pelening tanasidagi turli aʼzolarida o‘smalar borligini ham aniqlagan.

Pele borgan Albert Eynshteyn kasalxonasi shifokorlari unga anasarka (shishning og‘ir va umumiy shakli), shish sindromi va dekompensatsiyalangan yurak etishmovchiligi tashxisini qo‘yishgan.

Taʼkidlanishicha, sobiq futbolchini ovqatlanishdagi muammolar ham qiynamoqda.


Braziliya Pele