• 39 ta ko'rildi

Braziliya so‘nggi 8 ta Jahon chempionatida bu natijaga erishgan dunyodagi yagona jamoa!

Braziliya terma jamoasi Jahon chempionayi nimchorak finalida Janubiy Koreyani yengib (4:1), keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shu tariqa, Braziliya ketma-ket 8-marta Jahon Chempionatining chorak finaliga yo‘l olmoqda. So‘nggi bor braziliyaliklar 1990-yilgi Mundialda bu ishni uddalay olmagan. O‘shanda jamoa nimchorakda Argentinaga yutqazib qo‘ygandi (0:1).

Shundan keyin Braziliya ikki marta chempionga aylandi (1994, 2002) va bir marta ikkinchi o‘rinni oldi (1998).

Shuningdek, Braziliya Mundial pley-off bosqichida 24 yil deganda ilk bor to‘rtta gol urdi. So‘nggi bor “pentakampionlar” 1998-yilgi JCH pley-offida 4 ta to‘p kiritgandi. O‘shanda Chili terma jamoasi mag‘lub etilgan (4:1).


Neymar Braziliya JCH-2022 Pemtakampionlar