• 42 ta ko'rildi

Bolamni rus sinfga beraymi?

✏️Javob: Esimni tanigunimcha, rusiyzabonlar bilan birga muloqotda boʻlganman. 2 yoshimdan 7 yoshimgacha rus bog'chada o'qiganman. Uyga kelib ham bu protsess davom etardi: rus tilidagi multfilm va kinolarni koʻrardim. Keyinchalik hammasi oʻzbeklashib ketdi

Toʻgʻrisini aytganda, farzand tarbiyasidagi salbiy holatlarni rus sinfdagi ta'limga taqalishiga mutlaqo qarshiman.

💯 Muammo: Bunday vaziyatda ota-onalar tashqaridan muammo qidirishadi. Aslida tarbiyaga ular mas'ul boʻladi. Unda nega oʻzlarini mas'uliyatini jamiyatga, ustozlarga yuklashadi?

🥛Muhit — qaysidir tilni o'rganayotganda dunyoqarash shakllantirishda atrofdagi atmosfera muhim rol oʻynaydi. Yevro guruhda oʻqiydiganlar, oʻzbeklardan farqli ravishda shartakiroq boʻlishi tabiiy hol. Hattoki, ukamda shunaqa feʼl-atvor bor, yuzimga hammasini aytadigan, lekin toʻgʻri qabul qilishga harakat qilaman.

✔️ Yechim: Bunday vaziyatda oiladagi muhit muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-ona farzandidan talab qilishdan oldin oʻzlari ularga oʻrnak boʻlsin. Farzand uchun islomiy muhit shakllantirish, bu boʻyicha bilimlarni oʻrgatish, duo qilish, Alloh va Rosulini tanitish lozim.

🥛Shunday ekan, rus sinfda oʻqiydigan qiz hech qachon bezlashmaydi. Bu bilan millatchilikdan yiroqman, lekin ma'lum bir davrda rus muhitda oʻqib "bezbet" boʻlib ketmadim! Shunday ekan, bu stereotipni miyadan umuman chiqarib tashlash kerak degan fikrdaman