• 21 ta ko'rildi

Bolalarga bolalikni qaytaring...

Bolalarning bola ekanini tushunishimizning 3 ta sababi: 

1. Siz ham bola bo‘lgansiz, eslang. 

2. Boshqa bolalar ham bolangizga o‘xshagan sho‘x, o‘jar, o‘yinqaroq. Nega endi sizning bolangiz kattalar kabi bo‘lishi kerak?! 

3. Hozir o‘ynamasa, hozir sho‘xlik qilmasa, hozir og‘zi tinmay gapirmasa, qachon qiladi bularni?! 

Shunday ekan, bu narsalar butunlay bo‘lmasligini talab qilish boladan bolaligini olib qo‘yishdir. O‘yinni, sho‘xlikni va shunga o‘xshash bolalarga xos narsalarni tartibga solish, me'yorida ruxsat berish kerak, xolos.