• 24 ta ko'rildi

Bobur Abduxoliqov Belarus chempionatida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Bugun, 28-noyabr kuni Belarus Oliy ligasining 2022-yilgi yakunlari boʻyicha eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.


Unga koʻra, Bobur Abduxoliqov bir qator nominatsiyalarda tengsiz deb topildi. Jumladan, oʻzbekistonlik goleador Belarus Oliy ligasi-2022 ning mavsumdagi eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. Futbolchi kumush toʻp va butsa sovrinini qoʻlga kiritgach, keyingi mavsumni boshqa chempionatda boshlashini maʼlum qilgan.


Shuningdek, taqdirlash marosimida unga chempionatning eng yaxshi hujumchisi va eng yaxshi toʻpurari nominatsiyasiga atalgan sovgʻalar topshirildi.

Maʼlumot uchun, Abduxoliqov mavsum davomida “Energetik-BGU” bilan turnirda 26 ta gol va 6 ta assistga mualliflik qilib, jamoasining kumush medallariga ega chiqishiga katta hissa qoʻshgan.


Bobur Abduxoliqov Oltin oltin butsa